MOOPI belgisi: shisha lenta va shar

MOOPI

Biznesingizni o‘rganadigan va har kuni yoningizda ishlaydigan yordamchi.

Nomi nimani anglatadi

Har kimning MOOPI’si o‘ziniki: u faqat sizni o‘rganadi, faqat sizning xotirangizni saqlaydi va faqat siz uchun ishlaydi.

Avval tanishadi, keyin yoningizda.

MOOPI biznesingizni, odamlaringizni va ish uslubingizni o‘rganadi, keyin har kuni reja tuzib, maslahat beradi.

Toshkent tunda, Xalqaro kosmik stansiyadan olingan surat
Tashkent City bog‘i tunda, yuqoridan

Shaxsiy ishlarda ham yordam beradi: reja, o‘qish, sog‘liq, oila.

Qanday ishlaydi

Avval tanishamiz: MOOPI biznesingiz haqida so‘raydi.

Biznesingiz nima bilan shug‘ullanadi?

Qurilish mollari do‘koni, Chilonzorda. 6 xodim, asosan sement va armatura sotamiz.

Biznes pasporti biznes-pasporti.md
Faoliyat
Qurilish mollari savdosi
Manzil
Chilonzor, Toshkent
Xodimlar
6 kishi
Asosiy mahsulot
Sement, armatura

Har suhbatda o‘qiladi

Keyin savol berasiz, u sizning raqamlaringiz bilan javob beradi.

Sement narxini 5 foizga oshirsam, mijozlar ketib qolmaydimi?

Hozir qopi 62 000 so‘m, 5 foiz bilan 65 100 so‘m bo‘ladi. O‘tgan oy 1 240 qop sotdingiz: hajm saqlansa, oyiga +3,8 mln so‘m.

Lekin xaridorlaringizning ko‘pi ustalar, ular narxga sezgir. Taklifim: doimiy 12 ta ustaga eski narxni bir oy saqlang, qolganlarga oshiring.

Fayl yuborsangiz, hisoblab, natijani fayl qilib qaytaradi.

savdo-oktabr.xlsx48 KB

Qaysi mahsulot eng ko‘p foyda berdi?

Oktabrda eng ko‘p foydani sement berdi: jami foydaning yarmidan ko‘pi (51%).

MahsulotSotildiFoyda
Sement M4001 240 qop9,9 mln
Armatura 12 mm18,4 t7,4 mln
Gipsokarton610 list2,1 mln
Jami19,4 mln so‘m
foyda-tahlili-oktabr.xlsx

Hech narsa esdan chiqmaydi

Suhbatdan yozildi

Ravshan akaga armatura puli

14 200 000 so‘m, naqd

Suhbatdan: “payshanba Ravshan akaga pul berishim kerak”

23.10, 18:0023.10, 10:00

Eslatma keldi

Ravshan akaga armatura puli

14 200 000 so‘m, naqd

23.10, 18:00Eslatma: bugun 10:00

Bajarildi

Ravshan akaga armatura puli

14 200 000 so‘m, naqd

23.10, 18:00

Imkoniyatlar

  • Har kuni ertalab: bugungi ishlar, muddatlar va eslatmalar. Dushanba kuni o‘tgan haftaning sharhi.

  • 7 yo‘nalish bo‘yicha baho va ishonch darajasi, asosiy muammolar va 30 kunlik reja.

  • Kunlik daromad, kirim-chiqim, xarajat, savdo, davomat. Yozib qo‘ysangiz, hafta va oy jami o‘zi hisoblanadi.

  • Jadval yoki hisobotni yuboring: hisoblaydi, grafik chizadi va natijani fayl qilib beradi.

  • Shartnoma, xat, hisobot: namunadan yoki noldan tayyorlab beradi.

  • Suhbatda aytgan ishingiz vazifaga aylanadi va vaqti kelganda eslatiladi.

  • Takrorlanadigan ishni bir marta ayting: jadval bo‘yicha o‘zi bajaradi va natijasini yozib qo‘yadi.

  • Bilganlarini fayllarda saqlaydi: biznes pasporti, odamlar, qarorlar, saboqlar. Har birini ko‘rib, tuzatib, eski holiga qaytara olasiz.

MOOPI’ning bir kuni

MOOPI’ning bir kuni
NimaQayerdaQachonSoat
Ertalab
Ertalabki brifingBugunhar kuni08:00
Haftalik sharhBugundushanba08:00
Kassa hisobotiVazifalarhar kuni09:00
To‘lov eslatmasiBildirishnomalarbelgilangan kuni10:00
Kunduzi
Savol va maslahatSuhbatistalgan paytkun bo‘yi
Savdo fayli tahliliFayllarso‘raganingizda13:00
Shartnoma tayyorlashFayllarso‘raganingizda15:30
Kechqurun
Kunlik savdo daftargaDaftarlarhar kuni19:00
Suhbatdan o‘rganishXotirahar suhbatdan keyin21:00
Tunda
Xotirani tartiblashXotirahar tun02:00–06:00
Har oy
Biznes diagnostikasiDiagnostikaoyda bir marta1-sana

Savollar

Kimlar uchun?

Kichik va o‘rta biznes egalari uchun: do‘kon, ulgurji savdo, ustaxona, xizmat ko‘rsatish. Shaxsiy ishlar uchun ham: reja, o‘qish, sog‘liq.

Qanday kiraman?

Hozircha faqat taklif bilan. Taklif havolasini olgan bo‘lsangiz, uni oching va ro‘yxatdan o‘ting. Akkauntingiz bo‘lsa, “Kirish” tugmasini bosing.

Ma’lumotlarimni kim ko‘radi?

Har bir akkauntning suhbatlari, fayllari va xotirasi alohida saqlanadi, boshqa foydalanuvchilar ularni ko‘rmaydi. Hammasini istalgan payt bitta zip faylga yuklab olishingiz mumkin.

O‘zi biror narsa yuboradimi?

Roziligingizsiz hech narsani tashqariga yubormaydi. Telegram ulanishi tayyorlanmoqda: u ishga tushganda har bir xabar avval sizga tasdiq uchun ko‘rsatiladi. To‘lovni esa hech qachon o‘zi qilmaydi.

Xato qilsa-chi?

Bilganlarining hammasi Xotira bo‘limida ochiq turadi: istalgan faktni tuzatishingiz yoki oldingi holiga qaytarishingiz mumkin. Tuzatishlaringizni saboq qilib yozib oladi va boshqa takrorlamaydi.

Qaysi tillarda gaplashadi?

O‘zbekcha (lotin va kirill) va ruscha. Qaysi yozuvda yozsangiz, o‘sha yozuvda javob beradi.

Qaysi AI ustiga qurilgan?

Anthropic kompaniyasining Claude modeli ustiga. MOOPI unga sizning xotirangizni, daftarlaringizni va kerakli vositalarni beradi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha, brauzer orqali: telefonda ham, kompyuterda ham. Hech narsa o‘rnatish shart emas.

Taklif havolangiz yoki akkauntingiz bo‘lsa, MOOPI sizni kutyapti.

Kirish